Yosh
xonanda Diyora ijodi bilan sizni tanishtirib boramiz deb aval va'da
vergan edik. Va'daga muvofiq biz xonandaning navbatdagi yangiligini
e'tiboringizga havola etishga shaymiz. Diyora o'zining ilk taronasi
bo'lmish "Chekinma"ni radioto'lqinlarga taqdim etdi.
Ayni damda
siz mazkur qo'shiqni ko'plab FM radiolaridan tinglashingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz qo'shiq matni Timur qalamiga mansub, musiqasi esa
Doniyor A'zamovniki. Ushbu qo'shiqqa klip ham tasvirga tushirilgan,
yaqin kunlarda klip tayyor bo'ladi va klipni portalimizdan ko'chirib
olishingiz mumkin bo'ladi.