Seshanba, 24.10.2017, 06.12.57
Приветствую Вас Гость | RSS

"xXx"Studio taqdim etadi !!!

Menyu

Qizqarli Partallar

Mini-Chat

500

Top-10

«Yulduzlar Reytingi»
Всего ответов: 7081

OnLine


On-Lineda 1
Mehmon 1
Ishtirokchi 0
Главная » 2011 » Avgust » 18 » Shahzoda: «Qo'shiqlarimizda dard bor, ana shu bizning yutug'imiz»!
00.08.23
Shahzoda: «Qo'shiqlarimizda dard bor, ana shu bizning yutug'imiz»!

–Shahzoda, siz bilan uchrashganimizga ancha bo'libdi. Oxirgi
yangiliklaringiz haqida gapirib bersangiz?
–Muxlislarimning
xabari bor, 2009 yilda ikkita albomimni taqdim qildim. Biri lirik albom
bo'lib, nomi "Sevgi bor", ikkinchisi esa odatiy musiqiy treyklar
jamlangan albom edi. Shuningdek, rus tilidagi qo'shiqlarim jamlangan
disk ham taqdim qilingan edi. Hozirda yangi albomdan joy egallaydigan
qo'shiqlar ustida ishlamoqdaman.
–Yangi albomingizning
nomlanishi haqida o'ylab ko'rdingizmi?

–Bu haqda, ochig'i
o'ylab ko'rmabman. Avvaldan birinchi qo'shiqlarni yozib olaman, so'ng
esa albom nomi haqida bosh qotiraman.


Shahzoda


–Shahzoda, muxlislaringiz uchun sizning qanday hordiq
chiqarishingiz ham qiziq.

–Eng yaxshi dam olish maskanim,
albatta, uyim. Chunki asosan chet mamlakatlarda gastrol safarlarida
yuraman. Shu kunlarda Qozog'iston, Qirg'iziston va Sankt-Peterburgga
gastrol safariga jo'nab ketaman. Turmush o'rtog'im, o'g'lim bilan uyda
dam olishimga baribir hech narsa teng kelmaydi. Ha aytgancha, bo'sh
vaqtimda "Prins" laqabli juda aqlli itimni o'ynatishni yaxshi ko'raman,
bundan tashqari mushugimni silab o'tirishni.
–Adashmasam,
itingizning zoti "Labrador", rangi esa oq...

–To'g'ri
topdingiz!
–Darvoqe, o'g'lingiz hozirgi kunda nimalar bilan
mashg'ul?

–O'g'lim bu yil 7 sinfni tamomlaydi. Hozircha
kurash sport turi bilan muntazam shug'ullanib kelmoqda. Kurash zallarida
u urushishni emas, balki kutilmagan hollarda o'zini himoya qilishni
o'rganadi. Sport o'g'limning sog'lom bo'lib voyaga yetishida katta
yordam beryapti, deb hisoblayman.
–Shou-biznes sizni qay
darajada o'zgartira oldi va bu olamning  sizga yoqmaydigan tomonlari?

–Shou-biznes
olamiga 19 yoshimda kirib kelgan bo'lsam, mana shu vaqtgacha
shou-biznes odamni sindirmasligini, aksincha ruhan chiniqtirishini,
ma'naviy kuchli qilishini tushunib yetdim. Shou-biznes olamining menga
yoqmaydigan tomoni bu – g'iybat! Keyin tuhmatdan qo'rqib qolganman.


Shahzoda


–Yoqadigan tomoni-chi?
–Qo'shiqlar!
Qo'shiqlarimizda dard bor. Busiz ular tinglovchilar yuragiga yetib
bormasdi.
–Hayotda-chi? Nimalarni yoqtirasiz?
–Jajjigina
bolalarni hamda hayvonlarni yaxshi ko'raman. Hayvonlarni qiynagan, yosh
bolalarni kaltaklaganlardan nafratlanaman.
–Onasiz.
Farzandingizni tergab turasizmi?

–Agar xato qilsa, qaerda
xatoga yo'l qo'yganini to'g'ri tushuntirishga harakat qilaman. Shu
paytgacha farzandimga qo'l ko'tarmaganman. Ba'zi vaqtlar bo'ladi,
jahlimni chiqarsa, juda keskin gapirib tashlayman. Lekin vaqt o'tgach,
qilgan ishimdan afsuslanaman. Shu uchun keyin afsuslanadigan ish
qilmaslikka intilaman har doim. Yaxshi gap bilan ham  muammoning
yechimini topsa bo'ladi. Bolani kaltak bilan tarbiyalashlariga mutlaqo
qarshiman.
–Hayotingizning asosiy qismi gastrol safarlarida
o'tadi. O'g'lingizni ham birga olib ketasizmi?

–Hech qachon!
Chunki o'g'lim maktab o'quvchisi. Agar men uni o'zim bilan olib ketsam,
o'qishi qolib ketadi. Kelajakda yetuk mutaxassis bo'lishi uchun u
hozirdan a'lo baholarga o'qishi kerak.


Shahzoda


–Tozalik sizning hayotingizda...
–Juda muhim!
Nafaqat kundalik hayot, balki insonlar bilan muloqotda ham inson hurmat,
pokiza qalb bilan muomalada bo'lishi kerak, deb hisoblayman.
Ikkiyuzlamachilikni qattiq qoralayman. Hamma bilan samimiy munosabatda
bo'laman va yon atrofimdagilardan ham shuni talab qilaman.
–Oxirgi
marta kim bilan janjallashib qoldingiz?

–Bilasizmi, men
kelishmovchiliklarni yomon ko'raman va hech qachon kim bilandir
janjallashmayman. To'g'ri, meni hafa qiluvchilar topiladi. Bundaylarni
shunchaki hayotimdan o'chirib tashlayman va boshqa umuman e'tibor
bermayman.
–Hayotingizdan o'chirib tashlagan odamlar soni
qancha, sir bo'lmasa?

–Bunday holat kamdan kam bo'ladi.
Chunki atrofimda yaxshi insonlar yig'ilishgan. Kelishmovchilik holatlari
ham bo'lgan, lekin ularni eslashni xohlamayman.
–So'ngi
marotaba qaerga taksida bordingiz?

–(Kulib). Esimda yo'q.
Chunki o'zim avtomobil boshqaraman. Mashinam buzilib qolganligi tufayli
"Tarona Rekords" studiyasiga taksida kelgan bo'lishim mumkin. Lekin
bunday holatlar avval sodir bo'lgan.


Shahzoda



–Mashina boshqarib ketayotganingizda muxlislaringiz sizni
ko'rishlari tabiiy hol...

–Ba'zi paytlarda rulda
ketayotganimda, mashina boshqarib ketayotgan yosh yigitchalar meni tanib
qolib, baqirib, har xil qiliqlar qilishadi. Shunday hollarda hamisha
oynalarni yopib, ularga parvo qilmasdan yo'limni davom ettiraman. Bu
harakatimdan keyin o'sha yigitlar men haqimda "Shahzoda yulduz bo'lib
qolibdimi", degan fikrga kelishlari mumkin. Lekin men bir narsaga
aminmanki, katta ko'chada baqir-chaqir qilish, turli beo'xshov qiliqlar
ko'rsatish o'zbek mentalitetiga to'g'ri kelmaydi. Agar ular mening
muxlisim bo'lib, men bilan salomlashgilari kelsa, bu ishni farosat bilan
amalga oshirsa bo'ladi.
–Yo'l qoidalariga qanchalik ahamiyat
berasiz?

–Yo'l qoidalarini buzmaslikka harakat qilaman.
Ammo patrul xodimlari men bilan ko'rishish uchun ham tez-tez to'xtatib
turishadi. Har doim bir xil yo'nalish bo'yicha harakatlanganim uchun 
DAN xodimlari meni yaxshi tanishadi.
–So'nggi marotaba
o'zingiz uchun nima xarid qildingiz?
–Juda ko'p narsa.
So'nggi xaridlarimdan biri bu o'zim uchun do'st sotib olganim. Aslida
do'stni sotib olsa bo'lar ekan. Mening do'stim bu – "Labrador" laqabli
kuchugim.
–Modani kuzatib borasizmi?
–Albatta.
Lekin modaga mukkadan ketgan emasman. Libosingizning narxi hech qanday
ahamiyatga ega emas, asosiysi u sizga yarashib tursin.
–Taom
tayyorlay olasizmi?

–O'n uch yoshimdan o'zim mustaqil taom
tayyorlashni boshlaganman. Barcha ovqatlarni tayyorlay olaman. 
–Sevimli
ichimligingiz?

–Ba'zilar tabiiy sok yoki boshqa
ichimliklarni yaxshi ko'rishadi. Lekin men qora choyni yaxshi ko'raman.
–O'z
harakatlaringizdan uyalgan vaqtlaringiz bo'lganmi?

–Yo'q.
To'g'ri, men haqimda "Shahzoda ochiq kiyinadi", deb gapirishgan.
Nazarimda, sahnada kuylayotgan san'atkor boshqalardan ajralib turishi
kerak. Onam filolog, rus tili va adabiyoti o'qituvchisi, ammo bundan
tashqari u ajoyib chevar ham. Aynan ular tufayli o'zimga yarasha didim
bor, chiroyli liboslarni yaxshi ko'raman. Menga klassik uslub yaqinroq,
ortiqcha bejamdorlikni yoqtirmayman. Ayol badanining go'zalligiga urg'u
beruvchi ochiq kechki bayram liboslarini juda yoqtiraman. Ba'zida
nimanidir ozgina ochish yoki unga urg'u berish mumkin, deb o'ylayman,
faqat buni to'g'ri qilish kerak. Qolaversa, asosiysi libos emas, balki
sahnada o'zini tutish madaniyati.
–Og'ir damlardan qanday
chiqib ketasiz?

–Bunday hollarda do'stlarim bilan uchrashib,
suhbatlashishga oshiqaman. Chunki og'ir damni yengib o'tishim uchun kim
bilandir suhbatlashishim kerak. Ba'zilar og'ir damga tushsa, yolg'iz
qolgisi keladi. Menda bunday emas.
–Kitob o'qishga vaqt
topasizmi?

–Albatta. Eng so'nggi o'qigan kitobim bu yozuvchi
Paolo Koeloning "Brida" asari! Bundan tashqari yaqinda yangi filmga
taklif bo'lgan edi, o'sha film ssenariysini o'qib chiqdim.
–Muxlislaringiz
sizni aktrisa sifatida ko'rishlari mumkin ekan-da?

–Bo'lishi
mumkin. Lekin bu hali aniq emas. Hozircha bu shunchaki loyiha sifatida
turibdi.
–Film sevgi-muhabbat haqidami?
–Sevgi-muhabbatga
ham o'rin qoldirilgan, lekin film menimcha ko'proq hayot haqida.
–Va'da
bergan bo'lsangiz, aytilgan joyga vaqtida borasizmi?

–Kech
qolmaslikka harakat qilaman. Kerak bo'lsa, aytilgan vaqtdan ancha oldin
ham yetib boraman. Menga insonlarning o'z ishlariga befarq bo'lishlari,
mas'uliyatsizlik bilan yondoshishlari umuman yoqmaydi.
–Kelajakdagi
rejalaringiz?

–Amalga oshirmoqchi bo'lgan rejalarim juda
ko'p. Juda ko'p narsani niyat qilib qo'yaman, biroq yuzaga kelgan
vaziyatlar tufayli ularni amalga oshirishning iloji bo'lmay qoladi.
Keling niyatlarim bilan o'rtoqlashay: o'z ismimni patent qilib, o'z
liboslarim liniyasini chiqarish g'oyam bor edi.
Yana bir amalga
oshirsa bo'ladigan orzuim – kitob chiqarish, yo'q kitob ham emas, men
bo'lgan mamlakatlar, madaniyatlardan olgan taassurotlarim yozilgan
ocherklar to'plami. Bunday kashfiyotlar meni doim hissiyotlarga
to'lib-toshiradi, ularni qog'ozga bitgim keladi.
Просмотров: 1172 | Добавил: Umid_Virus | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Sayga Kirish

Izlash

Kuzatkich