Seshanba, 21.11.2017, 10.24.21
Приветствую Вас Гость | RSS

"xXx"Studio taqdim etadi !!!

Menyu

Qizqarli Partallar

Mini-Chat

500

Top-10

Kimni ijodi ko'pro yoqadi ovoz ber ?
Всего ответов: 3477

OnLine


On-Lineda 1
Mehmon 1
Ishtirokchi 0
Главная » 2011 » Avgust » 18 » Ahad Qayum: «Shifokorlar miyyamda qandaydir kasallik aniqlashgan»...
00.11.08
Ahad Qayum: «Shifokorlar miyyamda qandaydir kasallik aniqlashgan»...

Ammo, hozircha siz azizlarga Ahad Qayum bilan uyushtirilgan
so'nggi intervyulardan birini taqdim etamiz. Biror bir xabar topilgan
zahoti saytimiz sahifalarida yozib o'tiladi.


 


Keling, so'zimiz avvalida so'nggi paytlarda tele va
radiokanallari orqali taqdim etilib, xalq orasida ommalayoshayotgan
qo'shiqlarni bir-bir sanab o'tsak. Demak, Farhod Saidov - "Qizmi bu,
kiyikmi bu", Sardor Rahimxon - "Qizbola",  Zulayho Boyxonova - "Kimnidir
sevganmisan?..", Ozodbek Nazarbekov "Beg'uborim, beqarorim, kel",
Shohjaxon Jo'raev "Farishtaginam"… Ro'yhatni uzoq davom ettirish mumkin,
ammo kuzatuvlarimiz natijasida shu narsa ma'lum bo'ldiki, turli
yo'nalishda ijod qiluvchi san'atkorlar tomonidan ijro etilgan aksariyat
"hit"lar muallifi yagona ijodkor Ahad Qayum bo'ladi. Bu omadmikin yoki
mehnat mahsuli, balki taqdir ino'midir?  Uning muvaffaqiyati siri va
boshqa o'zimizni qiziqtirgan shu kabi savollarga  javob olish maqsadida
shoirni suhbatga tortdik.


 


Ahad Qayum


 


- 2010 yilda she'rlari eng ko'p
qo'shiq bo'lgan shoir sifatida e'tirof etildingiz. Bilamiz, asl
kasbingiz mutlaqo boshqa. She'riyatga qanday aloqador bo'lib qolgansizu,
shou-biznesga qanday aralashib qoldingiz?

- Bolaligimda
nihoyatda sho'x bola bo'lgan ekanman. Ota-onam qarindoshlarnikiga
mehmondorchilikka chiqadigan bo'lishsa, albatta meni uyda qoldirib
ketishardi. Chunki hamma mendan bezor, sho'xligimdan hech qayerda
hotirjam o'tira olishmasdi. Urishib ham, so'kib ham gapiga kirgiza
olmagan dadam meni uyimizdagi kutubxonaga qamab qo'yadigan bo'lganlar.
Shu-shu bu yer - mening eng sevimli joyimga aylangan va aynan kitoblar
dunyosi meni butunlay o'zgartirib, katta bo'lganim sari bosiq, jiddiy
bolaga aylanib bordim. Adabiyotga, she'riyatga mehrim shu paytlardanoq
ko'nglimga o'rnashgan bo'lsa ajabmas. Ulg'ayganda umuman boshqa sohani
tanlaganim boisi, maktabda hamma fanlarni yaxshi o'zlashtirganim uchun
o'qituvchilarning har biri o'z yo'nalishiga tortardi. Matematika yutib
chiqqan-da! (kuladi) Shou-biznesga aralashib qolishimga ustozim Bobur
Bobomurod sababchi bo'lgan. 2007 yilda bo'lgan ijodiy kechalarida 
ularning she'rlarini aytib chiqishim kerak bo'lgan. Hayajonlangandan
esimdan chiqib, o'zimning she'rimni o'qib ketganman. Shunda Bobur aka
men bilan qiziqib qolganlar. "Bugun shou-biznesni kimdir jar yoqasidan
olib qolishi kerak. Sening qalamingda shu kuch bor, faqat to'g'ri
foydalana olishing kerak" deganlar. Shundan keyin ularning bu
ishonchidan ilhomlanib yanada ishtiyoq bilan ijodga kirishganman.
-
Ozodbek Nazarbekov ijrosida "Yana sog'indim, yana" qo'shig'i
san'atkorlar orasida ham, xalq ichida ham tanilishingizga katta hizmat
qilganini tan olasizmi?

- "Yana sog'indim" qo'shig'i
bo'lgan birinchi she'rim bo'lib, ijodimdagi 362 namunadir. Uning
tanilishimga, nomimning odamlar tiliga tushishiga, shubhasiz katta
ta'siri bo'ldi. Aynan shu bois ham ilk she'riy kitobimni shunday
nomlandim. O'zim kutmagan holda birin-ketin boshqa she'rlarim ham
qo'shiqchilar tomonidan kuylanib "hit"ga aylana boshladiyu, beixtiyor bu
soha meni "domi"ga tortib ketdi.  
- Birinchi kitobingizni
o'zingiz emas, boshqa bir ijodkor chop ettirib, sizga sovg'a qilgani
rostmi?

- Rost, Vali Bobomurod degan bir ijodkor akamiz,
qo'shiq bo'lgan va gazeta-jurnallarda chop etilgan she'rlarimni yig'ib,
kitob holida chop etib o'zimga ming dona sovg'a qilganlar.
-
Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yil 300ga yaqin she'ringiz san'atkorlar
tomonidan kuyga solinibdi. Bunday rekord natijaga qanday erishdingiz?..

-
To'g'risi, o'zim umuman kutamaganman. Qaysi radioga qo'ymay
berilayotgan qo'shiqlarning uchtadan bittasining she'ri meniki bo'lib
chiqardi. Birgina bastakor Musaxon Nurmatovning o'zi tanishganimizga uch
yil bo'lgan bo'lsa, shu muddat ichida 500ga yaqin she'rimga kuyga
bastalaganlar. Ulardan minnatdor bo'lishim kerak, chunki har kuni bir
qo'ng'iroq qilib bo'lsa-da, yangi she'rlar so'rab, ijodga undab
turadilar. "Shunaqa ham bo'ladimi qizbola?" she'rini qo'shiq qilaman
deganlarida "bo'lmaydi" deb e'tiroz bildirganman. "Hali ko'rasiz, hit
bo'ladi" deb o'zlari qo'shiqni Sardor Rahimxonga taklif qilganlar.
Ko'pchilik ijodimning bunday tus olishiga Ozodbek Nazarbekovni sababchi
deb biladi, to'g'ri albatta ularning ham rollari muhim, biroq ijodim
keng qanot yozishida Nazarbekovdan ham ko'ra Musaxon aka, Abduxoshim
Ismoilov, Bobur Bobomurodlarning o'rni katta.
- Kino
sohasida ham o'zingizni sinab ko'rib ulgurdingiz, har holda ikkinchi
darajali rollarda bo'lsa ham... Yaqinda qo'shig'ingiz prem'erasi
bo'larkan. Bu tomonda prodyuserlik markazingiz... Bir vaqtda ikki emas,
uch-to'rtta qayiqni ushlayman deb shoshib qolmayapsizmi?

-
She'r yozish men uchun o'rganib qo'yilgan bir hunarga o'xshaydi.
Shoirlikka sira da'voyim yo'q. Lekin boshdan aktyorlik sohasini chuqur
egallash niyatim bo'lgan. Hatto Munavvara Abdullaevaning kurslarida uch
yil o'qiganman. Bu tomonlama qiziqishim kuchli bo'lganidan prodyuserlik
markazimizni ham shunga yo'naltirdik. Qariyb bir yil bo'ldi, yosh aktyor
va aktrisalarni kashf etib, ularni olib chiqish ustida ishlayapmiz. Tez
orada taqdim etishni mo'ljalagan "Maktublar" nomli ilk qo'shig'im
klipida o'zimizning markaz yigit-qizlari rol ijro etishdi. Ko'plardan
"bitta kasbni mahkam tutsang bo'lmaydimi" degan fikrlarni eshitaman,
balki bu gap ham to'g'ridir. Mening bu borada fikrim sal boshqacha:
inson nechta kasbda ishlashi muhim emas, muhimi o'sha sohaga zarar
yetkazmasa bo'lgani. Bitta kasbda turib o'shanga munosib bo'lolmaslik
ham mumkin. 
- Bir kunda o'ttiztagacha she'r yozgan
paytlaringiz ham bo'lgan ekan? Bu qadar sermahsul ijod qilishingiz siri
bormi?

- 2007 yilda ko'zimning ko'rish qobiliyati tushib
ketib shifokorga tekshirtirgani olib borishganda, bosh miyamda qandaydir
kasallik aniqlashgan. O'shanda shifokorning otamga "uzog'i bilan ikki
yillik umri qolgan" deb aytayotganini eshitib qolganman. Bilganimni
ularga sezdirmaganmanu, lekin Qattiq siqilib, juda yomon tushkunlikka
tushganman. Ichimdagi ana shu iztirob, dard she'rga ko'cha boshlagan.
Qolaversa, "umrim kam qoldi, o'zimdan nimadir qoldirishga ulgurishim
kerak" degan hayol boshimga o'rnashib olgan va meni tinimsiz yozishga
undagan. Bunaqa kuchni sun'iy yaratib bo'lmaydi. Bilmadim, mana shu kuch
ta'siridami, Allohning qudrati bilan oradan to'qqiz oy o'tib qayta
tekshiruvlardan o'tganimda, tashxis kutilmagan darajada yaxshi natijani
bergan. Yana kim biladi, balki shifokorlar vahima qilishgandir... Lekin
aynan o'sha kunlarda men boshqacha yashashni o'rgandim.
-
She'rlaringizdagi mavzularning hammasi o'z hayotingizdanmi, deylik
"Sinishimni sog'indi kimlar"?.. Yoki buyurtma asosida yozilganmi?

-
Shu paytgacha buyurtma asosida umuman yozmaganman. "Sinishimni sog'indi
kimlar"ni hamma Ozodbek "zakazi" bilan yozilgan deb o'ylaydi, aslida bu
yuz foiz o'z boshimdan o'tgan ko'rgilik, dilimdagi kechinmalar mahsuli.
Oydin bilan munosabatlarimiz jar yoqasiga borib, bir ahvolda qolganimda
hammasiga qo'l siltab qishlog'imga ketganman. O'shanda qo'l
telefonlarimgacha o'chirib tashlagandim. Mirzabek Holmedov kimlardir
orqali ammallab menga bog'lanib aytgan gaplaridan hursand bo'lib ketib,
poytaxtga qaytishga qaror qilganman. O'shanda kela-kelguncha shu she'rni
qoralaganman. She'rning qo'shiqqa kirmay qolgan "O, sevgilim
hiyonatlaring, qalbim yirtar jinoyatlaring..." degan misralari bor.
"Otamga o'xsha, o'g'lim" she'ri ham dadamning nasihatlaridan keyin
yaralgan.  
- Kimdandir eshitgandim, har kun bitta she'r
yozmasangiz ko'nglingiz joyiga tushmas ekanmi?

- (kulib)
Ertalab uyg'onganimda bugun ham bitta she'r yozishim kerak degan hayol
bo'lmaydi albatta, lekin har kech uxlashimdan oldin "bugungi kunimdan
nima qoldirdirdim?" degan savolni berganimdan keyin, chala qolgan yoki
hayolimda pishib turgan biror g'oyani qog'ozga tushirib qo'yaman va
shundan keyingina tinch uxlayman. Ba'zida mendan tanimaganlar "Siz she'r
ham yozib turasiz-a?" deb so'rab qolishadi, shunday paytda hazil
aralash "Yo'q, men she'r yozib uxlayman" deb javob beraman.
-
She'rlaringizning aksariyati Oydin Yusupovaga bag'ishlab yozilgani
to'g'rimi?

- Sevgi ta'sirida yozilgan she'rlarim ko'p, ammo
ularning hammasi Oydinga bag'ishlangan deyolmayman. Faqat bitta "Begim
demang, begoyim" she'ri aynan unga bag'ishlangan. Keyin "Jiyda gullari"
qo'shig'i she'ri ham qaysidir ma'noda unga atalgan. "Farishtaginam",
"Man, yana man" she'rlari ham unga bag'ishlangan ekan deb yozib
chiqishdi, bular ilohiy sevgi ta'sirida qog'ozga tushgan satrlar,
kimgadir atalgan emas...
- Siz va Oydin Yusupova bilan
bog'liq mish-mishlar haligacha tinchigani yo'q. Muhabbat qissasi hali
ham davom etmoqdami?

- Yo'q, hozir u bilan hatto do'stona
aloqada emasmiz, rishtalar butunlay uzilgan. Hali ham orqasidan yugurib
yurgan ekan, ayniqsa, Oydin Ahaddan homilador emish degan mish-mishlar
umuman noto'g'ri. Men uni emas, u o'zi meni yo'qotdi. Boshqa bu mavzuda
gapirishni xohlamayman!
- Aytgancha, "Man, yana man" she'rini
qashqadaryolik bir qiz mualliflik huquqini talab qilib anchadan beri
siz bilan talashayapti?..

- Bir yildan beri turli
gazeta-jurnallarga tinimsiz ravishda bog'lanib, meni o'g'rilikda ayblab
kelayapti. Avvaliga uning nogiron qiz ekanini hisobga olib indamadim,
ustoz shoirlar bunaqasi bizda ko'p uchragan deganiga tenglashmay deb
bosiqlik qildim. Qarasam, ochiq oshkor tuhmat qilish yo'liga o'tishdi.
Juda ayyor, pixini yorgan ekan. Necha marta yuzma-yuz ko'rishishga
kelishdik, o'zlari kelmay, yana meni qochib yuribdi deb gap
chiqarishibdi. "Yelkamda ikkita qushlar izi bor" degan gapni ushlab
olgan. Avariya bo'lgandan keyingi yelkasida shunday izlar qolgan emish.
Balki tasodifiy o'xshashlikdir, ahir odamlar butun boshli she'rlarimni
xuddi mening dardimni bilib-ko'rib yozgandaysiz deyishadi-yu. Meni
o'g'irlikda ayblab yozilgan maqoladan keyin qattiq tushkunlikka tushib
qoldim. Yuragimga og'irlik qildi, ikki oy yotib qoldim. Tuhmat  balosi
yomon ekan. Agar yana shu ahvolda davom etsa qarab turmayman, sudga
berishga majbur bo'laman.
- Suhbatimiz so'ngida eng maza
qilib yozgan, ichingizdan quyilib kelgan she'ralaringizdan bir-ikki
misra keltira olasizmi?

- Albatta, "Bo'g'zimda titrar
faryod, ayt, kimdan so'ray najot, bir qadam qo'ymay turib, meni yiqitma,
hayot" va  "sevgi bog'idagi qorlar bag'ridan burgut xo'rsinar,
yomg'irin to'kolmay bulut xo'rsinar, o'lgan sevgimizni qayga ko'maman,
yurakka tor kelib tobut xo'rsinar" misralari aynan yuragimdan to'kilgan.


Uzoq muddatli yurak hastlagini boshdan kechrib
turgan bir paytda san'at maydonida serqirra ijod qilishga kuch va
rag'bat topayotgan bu yosh ijodkorga omad tilab hayrlashdik. 



Ahad qayum haqida
bilmaganlarimiz:

Tug'ilgan: 1987 yil 15
iyunda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Denov qishlog'ida
Tahsil
olgan:
2004-2008 yillarda Toshkent Davlat Axborot
Texnologiyalari Universitetida
Shu bilan birga:
"Muhammad Yusuf" nomidagi adabiy ijtimoiy fond qoshidagi "Oltin qalam"
gazetasida muharrir o'rinbosari vazifasida ishlab, badiiy ijod bilan
shug'ullangan.

"Shu Vatan" qo'shig'i uchun O'zbekiston
Respublikasi qurolli Kuchlarining maxus sertifikati bilan taqdirlangan.

Uning
she'ri bilan Ozodbek Nazarbekov ijrosida kuylangan "Yana sog'indim,
yana" qo'shig'i 2009 yilda "Eng yaxshi sog'inch haqidagi qo'shiq" va
"Yilning eng hit taronasi" deb e'tirof etilgan.

Ayni
paytda:
Zulayho Boyxonova, Mansurxon Nurmatov, Botir Qodirov,
Xurshid Rasulov, G'ulomjon Yoqubov, G'iyos Boytoev, Dilshod Rahmonov,
Dildora Niyozova, Anvar Sanaev, Anvar Sobirov, Abduvali Rajabov,
"Sarbon" guruhi, Shuhrat Qayumov, Sardor Rahimxon, Alisher Fayz, Sherali
Jo'raev, Sarvara, Ravshan Komilov kabi 50dan oshiq taniqli va yosh
xonandalar bilan hamkorlikda ishlamoqda

Bugungi kunda:
ijodini aktyorlik va qo'shiqchilikda davom ettirmoqda.

"Devona
farishta," "Umid", "Saboq", "Dada", "Sarob", "Tango yoxud adashgan
sovchilar", "Farmasevt" filmlari uchun yozilgan maxsus qo'shiq
(saundtrek)larning ham matni muallifi.

2010 yildan adabiyot va
san'atga ixlosmand yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil
etilgan "Ahad Qayum ijodi" prodyusserlik markazining rahbari sifatida
faoliyat olib bormoqda.
Просмотров: 9578 | Добавил: Umid_Virus | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1  
Salom men Ahad aka bilan qanday bog'lansam bo'ladi? yordam berolaslarmi?

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Sayga Kirish

Izlash

Kuzatkich