Payshanba, 25.04.2024, 19.13.21
Приветствую Вас Гость | RSS

"xXx"Studio taqdim etadi !!!

Menyu

Qizqarli Partallar

Mini-Chat

500

Top-10

«Yulduzlar Reytingi»
Всего ответов: 7082

OnLine


On-Lineda 1
Mehmon 1
Ishtirokchi 0

Главная » 2011 » Avgust » 12
SevinchSevinch (Mo'minova) Muqimova muxlislari sevimli xonandalaridan yangi qo'shiqlar ketma-ketligini qarshi olishga tayyormisiz? Unday bo'lsa, asta-sekinlik bilan boshlaymiz. Sevinch "O bilar" nomli Ozarbayjon tilida qo'shiq kuyladi.

Ushbu qo'shiqni bugunoq bizning portalimiz orqali muxlislar ko'chirib olib, tinglash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Barchaning xabari bor Sevinchning muxlislari nafaqat O'zbekistonda, balki Ozarbayjonda ham juda ko'plab topiladi. Mana shu yangi qo'shiq Sevinchning aynan Ozarbayjonlik muxlislari uchun sovg'a bo'lsa, ajab emas.
Darvoqe, yana bir yangilik, Sevinch o'z turmush o'rtog'i uchun maxsus qo'shiq kuyladi. Unga atalgan ushbu tarona "Men bu sen" deb nomlanadi. Bu qo'shiq ham saytimiz muxlislari uchun tez kunda taqdim etiladi.
Просмотров: 1472 | Добавил: Umid_Virus | Дата: 12.08.2011 | Комментарии (0)

Bojalar "Bojalar" guruhi xonandasi Jahongir Poziljonovning navbatdagi filmi "Andijonlik mehmon" nomli kinokomediya hisoblanadi. Ushbu film ssenariy muallifi Sherzod O'lmasov. Film bugungi kunda ommalashayotgan milliy komediya janrida suratga olingan. Montaj ishlari davom etayotgan kartina tez kunda muxlislar hukmiga havola qilinadi.

«Andijonlik mehmon» filmi 2 oy mobaynida suratga olingan bo'lib, mazkur filmda bosh rollarni Jahongir Poziljonov, Umidaxon hamda Muhammadiso Abdulxayirov kabi bir qator taniqli aktyor va aktrisalarimiz ijro etishgan. Domigidek, bu kartina uchun ham maxsus saundtrek kuylangan bo'lib, uni «Bojalar» guruhi, Ziyoda, Ruhshona hamda Umidaxon ijro etdilar. Ushbu qo'shiq uchun klip ham suratga tushirib bo'lingan. Tez kunda telekanallar orqali tomosha qilishingiz mumkin. "Andijonlik mehmon" filmi avgust oyi oxirlarida katta ekranga chiqishi mo'ljallanmoqda. «Bojalar» guruhining «Muhabbat» deb nomlangan qo'shig'iga Jasur Shametov rejissorligi ostida klip suratga olindi. Ushbu klipni ham TV kanallari orqali ko'rishingiz mumkin.
Просмотров: 1206 | Добавил: Umid_Virus | Дата: 12.08.2011 | Комментарии (0)

Sayga Kirish

Izlash

Kuzatkich